Mashhur adib Nabi Jaloliddinning "Cholpon" roman-dilogiyasi o'zbek xalqining og'ir tarixiy taqdirini, millat ziyolilarining ma'rifat va ozodlik yo'lidagi kurashlarini badiiy ifoda etgan asardir.
Ikkinchi kitobda ham bosh qahramonlarning og'ir sinovlari, tarixiy voqealar, millat uchun jonini fido qilgan insonlarning taqdiri o'quvchini chuqur o'yga chorlaydi.
Asarda Vatan ozodligi, ma'rifat va adolat uchun kurashning naqadar mashaqqatli bo'lishi, ammo uning qadrini asrab-avaylash zarurligi yana bir bor ta'kidlanadi.
📖 Kitobxon qalbida Vatanga mehr, ajdodlarga hurmat va adolatga intilish tuyg'ularini uyg'otadi.