Loading

Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami:

50 %

Shrift o’lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
https://yaypanadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750069347098-798426783.jpg

O'zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi

https://yaypanadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750069347098-798426783.jpg

O'zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona
Axborot-xizmat
Kitoblar

Kutubxonamiz haqida

Kutubxonamiz — bilim izlovchilar, o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy va qulay ilmiy makon. Bu yerda siz turli sohalarga oid minglab kitoblar, maqolalar va raqamli resurslar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy

Kutubxonamiz haqida

Kutubxona tarixi


         O`zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi  2019-yil oxiriga kelib O`zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida qayta tashkil etildi.

O`zbekiston tuman axborot-kutubxona markazi 2021-yilda hokimiyat balansidagi maydonga engil konstruksiyali tipda qurib bitkazildi. Dastlab tumandagi  49- umumta`lim maktabi balansidagi binoda faoliyat olib borgan.. Kutubxona tuman markazida, aholining barcha qatlami uchun qulay joyda joylashgan.

 

Hozirgi kunda axborot-kutubxona markazi 5697dan ziyod yoshlar va uyushmagan aholiga hamda ijtimoiy tarmoqlarda 969 dan ortiq  kitobxonlarga xizmat ko`rsatib kelmoqda. Tumanda aholini kamrab olish darajasi 21% ni tashkil qiladi.

 Bugungi kunda O`zbekiston tumani axborot-kutubxona markazining umumiy fondi 40135 tani tashkil etib, 22519 nomda / 40135 nus’hada bosma va 400 ta elektron nashrlardan iborat.

Ushbu adabiyotlarni tillar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 20776 dona o‘zbek tilidagi,  dona boshqa tillardagi adabiyotlarga to‘g‘ri keladi.

Kutubxona xizmatlarini keng yo‘lgan qo‘yish maqsadida markazda 4 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda (abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi, axborot-bibliografiya bo‘limi, fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish bo‘limi, AKT va raqamlashtirish bo‘limi). 

Barcha xodimlar kompyuter texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega. Kutubxona zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, kitobxonlar uchun o‘quv zallari mavjud.

Kutubxonada doimiy ravishda kitob va mutolaani targ‘ib qiluvchi turli tadbirlar o‘tkazib boriladi: davra suhbatlari, aksiya, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar, turli-tuman ko‘rgazmalar shular jumlasidandir.

Kutubxonada “Bilimdonlar”, “ Nuroniylar  klubi faoliyat olib bormoqda.

AKM shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda     https://t.me/Ozb_AKM

https://www.facebook.com/uzbekistonakm/

 

https://www.instagram.com/uzbtuman_akm/

 

https://x.com/Ozb_AKM

 

 

tuman AKMning rasmiy sahifalari yaratildi va doimiy kitob targ‘ibotlari, kutubxona hayotidagi yangiliklar, tumanimizning mashhur kishilari bilan uchrashuv kabi tadbirlar yoritib borilmoqda.

AKT va raqamlashtirish bo‘limi tomonidan 2023-yildan buyon 703 dan ziyod adabiyotlar raqamlashtirildi.

 

Xulosa qilib aytganda, kutubxona – bu aholining intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim axborot maskanidir. U bilim manbai, ma’naviyat o‘chog‘i va ijtimoiy aloqalar markazi sifatida aholining har tomonlama kamol topishiga beminnat xizmat qiladi. O`zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi ham o‘z faoliyati orqali bu muhim vazifalarni sitqidildan bajarib kelmoqda.


Kutubxonaga a'zo bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting

Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!

https://yaypanadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750069347098-798426783.jpg

O'zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona manzili

O‘zbekiston tumani Yaypan shahar Ziyokor ko‘chasi 98 – uy

Ijtimoiy tarmoqlar

Developed by: logo

PremiumSoft

O'zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi