Asarda millatimizning buyuk jadid shoiri va adibi – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning hayoti, faoliyati hamda Turkiston xalqlarining XX asr boshidagi og‘ir taqdir sinovlari yoritilgan.
Cho‘lponning istiqlol orzusi, xalq dardi va Vatan ozodligi yo‘lidagi fidoyiligi o‘quvchini chuqur o‘yga chorlaydi. Bu roman nafaqat tarixiy shaxs hayoti, balki butun bir davrning fojeasi va umidlarini o‘zida mujassam etgan.
Kitob 2023-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.