O‘zbek adabiyotining atoqli vakili, xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub “Qo‘shchinor chiroqlari” asari o‘zining hayotiyligi, obrazlarning samimiyligi va mazmuniy chuqurligi bilan kitobxon qalbida o‘chmas taassurot qoldiradi.
Asarda qishloq hayoti, oddiy insonlarning orzu-intilishlari, mehnati va mehr-oqibati samimiy, o‘ziga xos badiiy uslubda tasvirlangan. Qahhor o‘z asari orqali insoniylik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni targ‘ib qiladi.
Mazkur asarni mutolaa etish o‘quvchiga nafaqat badiiy zavq beradi, balki hayot haqidagi qarashlarini boyitadi.
“Qo‘shchinor chiroqlari” asarini kutubxonamiz fondidan topishingiz mumkin.